Jalolov G’iyosiddin
Jalolov G’iyosiddin (1903 — Toshkent — 1984.9.4) — birinchi o’zbek astronomlaridan biri. O’zbekistonda astronomiyaning rivojlanishiga samarali hissa qo’shgan. O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Ilmiy va amaliy ishlari o’rta asrlar O’rta Osiyo astronomiya tarixiga oid. Jalolov «Sekstant — Ulug’bek rasadxonasining asosiy quroli» (M., 1974), «Samarqand rasadxonasining sayyoralar jadvalini tuzish masalasiga doyr» (M., 1955), «Kuragoniy zijining boshqa Zijlardan farqi» (M., 1955), «G’iyosiddin Jamshid — 15-asrning yirik astronomi, matematigi» (M., 1957) va boshqa asarlar muallifi.