Jaloyir

Jaloyir-turk va mo’g’ul qabilalarining aralashishi natijasida tashkil topgan yirik qabila uyushmalaridan biri. Ular o’nta yirik qabilaga bo’lingan bo’lib, har bir qabilaga sarkarda, ya’ni qabila boshlig’i boshchilik qilgan. Chingizxon saltanatida jaloyirlardan chiqqan bir qator beklar va sarkardalar xizmat qilganlar. Jaloyirlar XII asr oxiri-XIII asr boshlarida Yettisuv va O’rta Osiyoga ko’chib kelgan. O’rta Osiyoda yashaydigan jaloyirlar o’zbek, qozoq, qoraqalpoq va qirg’izlar tarkibiga kirganlar.