Jamiyat orollari

Jamiyat orollari — tinch okeanning Polineziya orollari guruhida. Frantsiya mulki. Jamiyat orollari — Shamolli va shamolsiz orollar guruhidan iborat. Maydoni 1,6 ming km2. Ma’muriy markazi Papeete (Taiti orolida). Orollarning ko’pi vulqon orollar bo’lib, marjon riflari bilan o’ralgan. Balandligi 2241 metrgacha. Eng katta oroli — Taiti. Iqlimi tropik iqlim. O’rtacha temperatura martda 26°, avgustda 20°. Yillik yog’in 1500-2500 mm. Kokos palmasi, sandal, vanil daraxtlari, banan, shakarqamish, paxta, ananas va boshqalar o’stiriladi. Baliq ovlanadi, marvarid yig’iladi.