Jamoluddin Husayn Inju

Jamoluddin Husayn Inju (16-asr) — yirik tilshunos olim. Boburiylardan Jahongirshohga atab «Farhanggi Jahongiriy» («Jahongir lug’ati»)ni yozgan. Jamoluddin Husayn Inju ajdodi asli Sheroz Sayyidlaridan bo’lib, otasi Kashmirga kelib o’sha yerda muqim yashab qolgandi. 1584 yil Jamoluddin Husayn Inju Akbar xizmatiga kirib, uning eng yaqin nadimlaridan biriga aylangan, Jahongir davrida esa «Azd ud-davla» («Davlat tayanchi») degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan.