Jangovar trevoga

Jangovar trevoga — qo’shinlarni qisqa muddatda jangovar holatga keltirish. Jangovar trevoga katta boshliq ko’rsatmasiga binoan og’zaki, aloqa vositalari, belgilangan shartli signallar yordamida va buyruq berish yo’li bilan e’lon qilinadi. Jangovar trevoga umumiy va qisman bo’lishi mumkin: agar ma’lum garnizonning barcha qo’shinlarini jangovar shaylik holatiga keltirsa — umumiy, ayrim bo’linmalargagina taalluqli bo’lsa — qisman deyiladi. Jangovar trevoga signali berilishi bilan qo’shin juda qisqa muddatda yig’ilib, jangovar (o’t ochish, start olish) holatini egallaydi. Jangovar trevoga bo’yicha qo’shinlarga xabar berish, ularni to’plash va jangovar harakat boshlash, odatda, yashirincha amalga oshiriladi.