Janubiy Karolina

Janubiy Karolina — AQShning Janubiy-sharqidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 80,5 ming km2. Aholisi 4,06 million kishi (2001). Ma’muriy markazi — Kolumbiya shtat. Shtatning Janubi-sharqi Atlantika bo’yi past-tekisligida, shimoliy- g’arbida Pidmont platosi va Appalachi tog’ining tarmoqlari bor. Eng baland joyi 1087 metr. Daryo ko’p. Iqlimi subtropik, yanvarning o’rtacha temperaturasi 4-10°, iyulniki 24-26°. O’rtacha yillik yog’in 1000-1200 mm. Yirik daryolarida kema qatnaydi. G’arbida aralash o’rmonlar bor. Janubiy Karolina xo’jaligida sanoat yetakchi o’rinda. To’qimachilik sanoati rivojlangan. Shtatdagi ishchilarning yarmiga yaqini shu sanoatda band. Yirik markazlari: Ogasta, Kolumbiya, Grinvill va boshqalar. Metallsozlik, kemasozlik, trikotaj, tikuvchilik, yog’ochsozlik, tsellyuloza-qog’oz, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Atom sanoati markazlaridan biri. Dehqonchilik qishloq xo’jalik tovar mahsulotining qariyb 70%ini beradi. Asosiy ekinlari — paxta, tamaki, makkajo’xori. Bug’doy, sholi, yer yong’oq ham ekiladi. Bog’dorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol va cho’chqa boqiladi. Eng katta porti — Charlston.