Janubiy Olamushuk
Janubiy Olamushuk — Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shaharcha (1947 yildan). Tumanning shimoldagi adirda joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Gurunchmozordan 6 kilometr. Aholisi 6,7 ming kishi (2000), asosan o’zbeklar. Janubiy Olamushuk 1943 yil neft konining topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholining ko’pchiligi neft konida ishlaydi. Janubiy Olamushukda 2 umumiy ta’lim maktabi, musiqa maktabi, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, madaniy-maishiy xizmat kombinati, savdo shoxobchalari, fizioterapiya sanatoriysi bor. O’rta osiyolik tarixchi Narshaxiy (10-asr 1-yarmi) hozirgi Janubiy Olamushuk yaqinida Koh qishlog’i bo’lganligi, uning yonida «Raboti sarhang» qabristoni borligini yozgan.