JANUBIY ORKNI OROLLARI

JANUBIY ORKNI OROLLARI — Atlantika okeanining Janubiy qismidagi bir tuda (4 ta katta va 40 tacha mayda) Orol, Antarktikada. Maydoni 621 km2. Yer yuzasi tog’lik (balandligi 1266 metrgacha), qor va muzlar bilan qoplangan. O’simligi mox va lishayniklardan iborat. Dengiz qushlari va tyulenlar yashaydi. Doimiy aholisi yo’q. Britaniya va Argentina davlatlariga qarashli ilmiy stansiyalar ishlab turibdi. Orol 1821 yilda ingliz va amerikalik sanoatchilar J. Pouell va N. Palmer tomonidan kashf qilingan.