Janubiy Orol

Janubiy Orol — yangi Zelandiyaning katta oroli. Shimoliy orolidan Kuk bo’g’ozi, Styuart orolidan favo bo’g’ozi orqali ajralgan. Maydoni 150,5 ming km2. Aholisi 880 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Relefi tog’li, hududining ko’p qismi Janubiy Alp tog’laridan (Kuk tog’i, 3764 metr, mamlakatdagi eng baland cho’qqi) iborat. Iqlimi subtropik dengiz, Janubda mo’tadil iqlim. Tog’ o’rmonlari, yaylovlar, tog’larning yuqori qismi qor va muzliklar bilan qoplangan. Fordlend, Maunt-Kuk milliy parklari tashkil etilgan. Orolning Sharqiy qismidagi Kenterberi tekisligi — mamlakatning asosiy dehqonchilik rayoni. Bosh shahri — Kraystcherch.