Janubiy passat oqimlari

Janubiy passat oqimlari -Dunyo okeanining Janubiy tropik kengliklaridagi sharqdan g’arbga yo’nalgan iliq yuza oqimlar. Passat shamollari ta’sirida vujudga keladi. Tinch okeanda Peru oqimi, Atlantika okeanida Bengaliya oqimi, Hind okeanida G’arbiy Avstraliya oqimining davomi bo’lib, ular ekvatorga yaqinlashgan sari hamda g’arbga burilgach isiydi va Janubiy passat oqimlariga aylanadi.