Janubiy qutb

Janubiy qutb — yer aylanishining faraz qilinadigan o’qi, Janubiy yarim sharda yer yuzasi bilan kesishgan nuqta. Janubiy qutb Antarktidaning tinch okean qirg’og’iga yaqin qismida 280 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda muzning qalinligi 2810 metrga yetadi. Yer yuzasidagi har qanday nuqta Janubiy qutbga nisbatan joylashgan bo’lib, har doim shimoliy yo’nalishda bo’ladi. Janubiy qutb atrofida iqlim juda ham sovuq, muttasil shamol va izg’irin, bo’ron bo’lib turadi. Havoning o’rtacha temperaturasi 1957-61 yillarda -48,6°, eng past temperatura -78,9° bo’lgan. Qutb kuni qariyb 179 sutka davom etadi (23 sentabrdan 20-21 martgacha). R. Amundsen boshchiligidagi norveg ekspeditsiyasi 1911 yil 14 dekabrda birinchi bo’lib Janubiy qutbga yetib borgan.