Japaqov Navruz

Japaqov Navruz (1914.16.5 — Taxta ko’prik tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. O’zbekistonda (1974) va Qoraqalpog’istonda (1964) xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari Doktori (1967). Ko’p yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti (1961-67) va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida (1967-75) katta ilmiy xodim. Ilk she’rlar to’plami — «Quyosh» (1940). «Shoir so’zi» dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda) Navoiyga bag’ishlangan. «Uzoqdagi yaylovlar» (1955, X. Seitov bilan hamkorlikda), «suvchi» (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. «Orol baliqchilari» kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi («Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doir», 1972; «adabiyotimiz haqida o’ylar», 1974 va boshqalar). As: Amu bo’ylarida, T., 1956; tiriklar bilan birga: poema va she’rlar, T., 1962; Tanlamali shigarmalari, 3 tomlik, Nokis, 1978-80.