Jarchi

Jarchi-O’rta Osiyo hududlarida feodalizm davrida hukmdorlarning xalqqa qarata chiqargan farmonini, rasmiy xabarlarini, xon va vazirlarning amrlarini aholiga yetkazish, urush boshlanishi yoki tugaganligi to’g’risidagi xabarlarni, ayrim shaxslarni hukmdorlar tomonidan taqdirlash yoki jazolash haqidagi amrlarni, biron shaxsning yangi lavozimga saylanishi to’g’risidagi xabarlarni bozor maydonlari va aholi ko’p to’planadigan joyda baland ovoz bilan e’lon qiladigan shaxs. Shuningdek, jarchilar ko’chmanchilarning ovullarini aylanib yurib qo’shin to’plashda ham qatnashganlar.