JAVSHAN

JAVSHAN (fors— sovut, zirh) — qadimda va o’rta asrlarda jangchining badanini jarohatlanishdan saqlash maqsadida kiyiladigan sovutning bir turi. Javshan jabaga nisbatan og’ir. Dastlabki vaqtlarda u jez (bronza)dan, keyinchalik temir va pulatdan ishlangan. Javshan bargsimon temir parchalaridan mayin halqa simlar yordamida to’qilgan. Javshanni egiluvchan, bukiluvchan bo’lishi uchun uni maxsus tayyorlangan metall taxtachalarni biriktirib xam yasaganlar. Yirik lashkarboshilar, sarkardalar uchun ba’zan maxsus Javshan to’qilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdayoq Markaziy Osiyo xalqlari jang paytida otlarga Javshan yopishgan.