Javza

Javza (forscha)-qadimgi og’irlik o’lchovi Qiymatlari: 1) Javza=1 misqol/drahmiy. Agar misqolning 4,25-5 grammga, drahmiyning 3,3105-4,25 grammga tengligi hisobga olinsa, 1 Javza 7 gramm-0,57 grammga to’g’ri keladi. Javzaning shoh Javzasi ham bor, u 6 misqol/dirhamga teng. Agar dirham misqolning 7/10 bo’lagiga tengligi hisobga olinsa, unda 1 Javza=6 misqol/dirham=6×10/7=8,57 gramm bo’ladi. Ba’zi manbalarda Javzaning boshqa qiymatlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Masalan, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”dagi jadvalda 1 Javza=38,75 gramm, ba’zan 1 Javza=17,0 gramm deb berilgan bo’lsa, boshqa adabiyotlarda 1 Javza=29,75 gramm yoki 1 Javza=25,5 gramm deb keltirilgan.