Jaypur

Jaypur — Hindistonning shimoliy- g’arbidagi shahar, aravali tog’lari etagida. Rojastqon shtatining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 1,5 milliondan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Jaypurga 1728 yilda asos solingan. 18-asrda ravnaq topgan rojput madaniyatining markazi bo’lgan. Shahar markazidagi qo’rg’onda 18-asrda qurilgan saroy kompleksi bo’lib, unda Chandra mahal saroyi, badiy muzey, jantar-Mantar rasadxonasi, havo mahal (shamollar Saroyi; 1751-68) va boshqa me’moriy yodgorliklari saqlangan. Shahar devoridan tashqarida, Janubda 19-asr o’rtalari va 20-asrda Jaypurning yangi qismi qurilgan. Jaypur—savdo markazi, transport yo’llari tuguni. Ip gazlama, ko’n poyabzal, keramika, elektrotexnika, oziq- ovqat sanoati korxonalari, temir yo’l va avtomobil ta’mirlash ustaxonalari bor. Qo’lda fil suyagi, marmar, metalldan badiiy buyumlar, zargarlik buyumlari tayyorlanadi, har xil gazlama to’qiladi. Universitet bor. Turizm rivojlangan.