Jaz orkestri

Jaz orkestri, Big — Bend (inglizcha Big band — katta orkestr) — jaz va Estrada musiqasi an’analaridagi orkestr. 1930- yillari Amerika va Yevropada tashkil topgan. To’liq tarkibi 3-4 saksofon, 3 truba, 3 trombon hamda ritmguruhi (urma sozlar, fortepiano, gitaralar, Tuba va boshqalar)dan iborat. Big-bendga torli sozlar guruhi (skripka, Alt, violonchellar) qo’shilishi natijasida katta Jaz orkestri (simfojaz) qaror topadi. Asarlarining kompozitor yoki aranjirovkami tomonidan oldindan tayyorlanganligi, yakka sozlarning navbatma-navbat ijro etayotgan badiha (improvizatsiya) epizodlari bilan jamoaviy badihago’ylikka asoslangan diksilend hamda ilk jaz ansambllarining ijodidan farq qiladi.