JELE

JELE (Fransuzcha gelee) — shirinlik; nok, olma, olxo’ri va boshqa rezavorlar sharbatlaridan tayyorlanadi. Sharbat qaynatilib, qiyomga shakar, sovuq suvga solib qo’yilgan jelatin qo’shiladi. Tarkibida 65-70% moddasi qolguncha qaynatiladi. Jele issiq holatda 75-80% haroratda shakl beriladigan idishlarga solinib sovitiladi. Jele tiniq bo’lib, qaysi meva sharbatidan olingan bo’lsa, uning rangi, ta’mi va xushbo’yligi saqlanadi.