JENSHEN

JENSHEN (Panax ginseng) — araliyadoshlarga (Araliceae) mansub ko’p yillik o’t. Sharqiy Osiyo, Xitoy va Koreyada tabiiy holda o’suvchi qadimgi o’simlik. Juda qadimdan dorivor o’simlik sifatida ma’lum (ildizidan olingan preparatlar organizmning quvvatini oshiradi). Bo’yi 30-50 santimetr, barglari panjasimon qirqma, gullari mayda, ko’kish, soyabonsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi yumshoq. Etli ildizi tsilindrsimon, xushbo’y, ta’mi achchiqroq. Ildizining yuqori qismi yo’g’onroq, pastki qismi shoxlangan, qisman odam gavdasini eslatadi. Shu bois unga «jenshen», ya’ni xitoycha «odam ildiz» deb nom berilgan. Ildizining og’irligi 20-25 gramm keladi. Jenshenning tabiiy zaxiralari juda ham kamayib ketgan. Shuning uchun ko’p joylarda ekib o’stira boshlandi. O’zbekistonda Botanika bog’ida o’stiriladi.