JENTELMEN

JENTELMEN (inglizcha gentleman — tag-taxtli odam, dvoryan) — 1) Buyuk Britaniyada va ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlarda kiborlarning axloq, qoidalariga qat’iy rioya qiluvchi, mulozamatli odam; 2) ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlarda erkaklarning tavoze bilan muomalada bo’lishi; 3) ko’chma ma’noda — xushmuomala, tarbiyali kishi.