Jetiboy neft-gaz koni
Jetiboy neft-gaz koni -Qozog’iston Respublikasining Mangishloq viloyatidagi Eraliv shaharchasi yaqinida joylashgan. Jetiboy neft-gaz koni 1961 yilda ochilgan. 1970 yilda ishga tushirilgan. Konda 13 ta samarador qatlam va 26 ta uyum aniqlangan, ulardan bittasida gaz, 13 tasida neft-gaz, 12 tasida neft bor. Eng katta uyumi — 12-gorizontda. Jetiboy koni braxiantiklinal strukturasidan iborat bo’lib, uzunligi 22 kilometr, eni 6 kilometr, balandligi 100 metr. Konda trias, yura, bo’r, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlari mavjud, ularning qalinligi 3000 metrga teng. Samarador qatlamlar yura yotqiziqlarida joylashgan. Kondan olinayotgan neftning zichligi 0,85—0,86 g/sm3, qovushqok/shgi 50° da 10-37 SPZ ga teng. Neft 28-34° da qotadi. Tarkibidagi qatronning miqdori 8-15%, parafin 20-24%, oltingugurt 0,1—0,7%. Kondan 1973 yilda eng ko’p — 3,8 million tonna, 1981 yilgacha 34,2 million tonna neft olingan. Qazib olish markazi — Oqtov.