Jetio’g’uz

Jetio’g’uz — Qirg’iziston Respublikasidagi balneologik kurort, Qorako’ldan 28 kilometr, Bishkekdan 411 kilometr. Terskay Olatovning shimoliy yon bag’rida, Jetio’g’uz soyi bo’yida, 2200-2400 metr balandlikda. Yozi mo’tadil iliq (iyulning o’rtacha temperaturasi 16°), qishi yumshoq (yanvarning o’rtacha temperaturasi — 6°), yiliga 350 mm yog’in yog’adi. Radonli issiq (37,5°-43,5°) va natriy-kaltsiy xloridli buloqlar bor. Shu buloqlarning suvi vannaga ishlatiladi. Tayanch-harakat organlari, periferik nerv sistemasi, ginekologik, teri kasalliklari bilan og’rigan bemorlar davolanadi.