JETON

JETON (Fransuzcha jeton) — 1) biror to’garak, tashkilot a’zolari ko’krakka taqib yuradigan nishon; 2) tantanali marosim (Mae, yubiley) munosabati bilan beriladigan esdalik belgisi, metall nishon; 3) ba’zi o’yinlar va avtomatlardan buyum xarid qilishda, transport vositasida (Masalan, metroda), telefon-avtomatlarda pul o’rnida ishlatiladigan metall yoki plastmassa to’garak parcha.