JHANGAR MADANIYATI
JHANGAR MADANIYATI — Sind (Pokiston)ning aholi yashaydigan bir qancha turar joylaridan topilgan so’nggi Xarappa (taxminan miloddan avvalgi 12-11-asrlar) arxeologik madaniyati. Birinchi marta 20-asrning 20-yillarida Sind viloyatining Jhangar aholi turar joidan topilgan. Asosiy yodgorligi Chan-xudaro bo’lib, Jhukar madaniyatinint birinchi qatlami hisoblanadi. Asosan, loydan yasalgan ko’zachalar, turli idishlardan iborat. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Jhangar madaniyatini yaratuvchilarning kichikroq guruhi Chanxudaroni jhukarliklar tashlab ketgandan so’ng, ma’lum vaqtgacha ishg’ol qilganlar. Jhangar madaniyatidan topilgan yodgorliklar Shimoliy Balujiston va Eronning jez davrida yashagan kabilalari bilan yaqinligini ko’rsatadi. Bu yaqinlik beluj va Eron qabilalarining Hind daryosi vodiysiga ko’chib kelib, uzoq vaqt birga yashaganliklari samarasidir.