Jid (Gibe) Andre Pol Giyom
Jid (Gibe) Andre Pol Giyom (1869.22.11 — Parij — 1951.19.2) — Fransuz yozuvchisi. «Immoralist» (1902), «Tor darvoza» (1909), «Vatikan erto’lasi» (1914), «qalbaki pul yasovchilar» (1925) kabi romanlari, «Andre Valterning daftari» (1891) she’rlar kitobi bor. «Botqoqlik» (1895), «yomon holda mixlangan Prometey» (1899), «Pastoral simfoniya» (1919) satirik ruhdagi qissalari hamda «Shoh Kandavl» (1901), «Saul» (1903), «Edip» (1930) dramatik asarlari muallifi. Jidning kundaliklari, ocherklar kitobi va «Dostoevskiy» (1923) nomli adabiy-ilmiy risolasi ham chop etilgan. Asarlarida G’arb modernistlariga xos xususiyatlar — insonning ruhiy olamini, individual qiyofasini, shuningdek, yolg’izlanish holatlarini tasvirlash yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1947).