Jigarband

Jigarband — Amudaryoning Tuyamo’yin qoyalari orasida (360 metrgacha toraygan joyida) bino qilingan qadimgi istehkom xarobasi. Mahalliy nomi forscha — dahani sher (sher og’zi), Arabcha — sakri shayton (shayton to’g’oni). 1945 yilda akademik Ya. G’. G’ulomov tomonidan tekshirilgan. Jigarband miloddan avvalgi 3-2 asrlarda barpo qilinib, Chingizxon istilosi (13-asr) dan keyin xarobaga aylangan. 100×80 metr kattalikdagi Jigarband muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan erda joylashgan bo’lib, yaqinida shu nomdagi rabot va qishloq bo’lgan. Jigarband Xorazm vohasiga boriladigan suv va quruqlikdagi yo’lni muhofaza qilib turgan. V. Bartold fikricha, Jigarband qishlog’i o’rnida o’rta asrda Ja’farband shahri joylashgan.