JIG’OLTOY

JIG’OLTOY (Falo subbuteo) — lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Kattaligi kaptardek. Osiyo, Yevropa va qisman Afrikada tarqalgan. O’rta Osiyoning tog’li o’rmonlarida, bog’va chakalakzorlarda uchraydi. O’zbekistonga kelib, qishlash uchun Afrika va Hindistonga uchib ketadi. Boshqa qushlar inidan foydalanadi. 3 ta, ba’zan 4-5 ta tuxum qo’yadi. Iyun—iyulda bola ochadi. Yirik hasharotlar va mayda qushlar bilan oziqlanadi.