Jinssiz ko’payish

Jinssiz ko’payish — organizmlarning jinsiy jarayon sodir bo’lmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan ko’payish usuli. Jinssiz ko’payish ayniqsa bir hujayrali organizmlar orasida ko’p uchraydi, ammo ko’pchilik ko’p hujayralilar: zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar ham jinsiy ko’payish xususiyatiga ega. Jinssiz ko’payish faqat to’garak chuvalchanglar va mollyuskalarda uchramaydi, bo’g’imoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. Jinssiz ko’payish ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, ko’payish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda — sporalar, g’ovaktanlilarda — gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir bo’lishi mumkin. Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar Jinssiz ko’payish agam tsitogoniya, ya’ni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va ko’p marta (shizogoniya) bo’linishi (bir hujayralilarda) va ayrim qujayralar (sporalar)ning bo’linishi (ko’p hujayrali o’simliklarda) tarzida sodir bo’lishini ko’rsatishadi. Ona organizmdan uning bir qism hujayralari ajralishi orqali ko’payish vegetativ ko’payish deyiladi. Odatda, Birturning o’zida Jinssiz ko’payish bilan birga jinsiy ko’payish ham bo’ladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda Jinssiz ko’payish mumkin. Masalan, o’simliklar spora hosil qilish, novdasi, ildizmevasi, tuganagi orqali; g’ovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar, statoblastlar) orqali ko’payadi. Jinssiz ko’payish jinsiy ko’payish bilan gallanib turishi mumkin.