Jiok (Gianque) Uilyam Frensis
Jiok (Gianque) Uilyam Frensis [1895.12.5, Niagara-Fole (Kanada) — 1982.29.3] — amerikalik fizik-kimyogar, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1936 yildan). Kaliforniya universiteti professor (1934 yildan). Asosiy ishlari moddalarning termodinamik xossalarini, shu jumladan kondensirlangan gazlarning o’ta past temperaturalardagi xossalarini tekshirishga bag’ishlangan. Termodinamikaning 3-boshlanishini amaliy tadqiqotlar o’tkazish natijasida tekshirgan. D. Makdugal bilan hamkorlikda IK dan past temperaturalar hosil qilish va o’ta past temperaturalarni o’lchash maqsadida adiabatik magnitsizlanish usulini ishlab chiqqan (1927). 0,5 K temperatura hosil qilishga erishgan. G. Jonston bilan hamkorlikda kislorodning «o va |8O izotoplari mavjudligini isbotlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1949).