Jirafa qanday qilib suv ichishini bilasizmi?

— Uzun bo’yin tufayli jirafaga yeyish oson boʻlishi mumkin, lekin ichish mutlaqo noqulay. Suv ichish uchun u juda kuchli oldinga egilishi, oyoqlarini keng yoyishi yoki tizzalarini bukishi kerak.

— Bunday paytlarda jirafaning mutloq himoyasizligi uni osongina oʻljaga aylantiradi, shuning uchun ham u suv ichayotganda katta xavf ostida boʻladi.