Jirish non
Jirish non kepakdan yoki un va kepakdan pishiriladigan non. Jirish nonning shifo va parhez xususiyati bor. Tayyorlash usuli — xamirturush iliq sut (suv) da iylanadi. So’ng kepak yoki kepak aralashtirilgan un solib (0,5 kilogramm un, 1,5 kilogramm kepak, 0,5 l sut) xamir qoriladi. Xamir qalin dasturxonga o’raladi, oshirish uchun iliqroq joyga qo’yiladi. So’ngra 200 grammli zuvalachalar yasab, o’rtasining qalinligi 0,5 santimetr, chekka hoshiyalarining qalinligi 2 santimetr keladigan to’garak non yasaladi. Yuziga chakich urilgach, tandirga yopiladi.