Jirov

Jirov — qozoq, o’zbek va qoraqalpoq xalqlarida doston, terma ijod etib kuylovchi xalq shoiri. Qadimda katta jamoat yig’inlarida, to’y-ma’rakalarda Jirovlar qo’biz jo’rligida termalar ijro etishgan. Xalq orasida katta obro’ orttirgan ayrim (Masalan, 15-17-asrlarda Qiztuvg’an, Do’stpambet, Jienbatar kabi qozoq) Jirovlar o’z urug’i, ulusiga boshchilik ham qilgan, xalq botiri bo’lgan. Ular urush va boshqalar notinch vaqtlarda o’tkir so’zi, ta’sirchan termalari bilan ommani birlashtirib o’ziga ergashtirgan. Qozoqlarda Jirov jirchi (tayyor folklor namunalarini ijro etuvchi)dan ijodkorligi bilan farq qiladi. Jirovlar o’zbek baxshilari kabi ustoz-shogird munosabatlari asosida etishib chiqqan. Qoraqalpoqlarda Esemurat jirov, Jien jirov, Nurabulla jirov, Shanxay jirov (1814-84), qozoqlarda Buxar jirov (18-asr), Musaboy jirov (18-asr)lar xalq orasida keng tanilgan.