JISM
JISM — 1) geometrik jism — fazoning yopiq sirt bilan chegaralangan qismi. Evklid «negizlari» kitobida uzunlikka, kenglikka va qalinlikka ega har qanday narsa Jism deb atalgan; 2) tan, tana, vujud; 3) ma’lum joyni egallab, ishg’ol qilib turgan materiya, modda. Masalan, qattiq Jismlar, suyuq Jismlar, gazsimon Jismlar.