Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlar — kishi ning jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Muntazam va izchil bajariladigan Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan Jismoniy mashqlar (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irg’itish, tosh ko’tarish, suvda suzish va boshqalar) gimnastika, yengil atletika, og’ir atletika, harakatli va sport o’yinlari, sport turizmi va hokazolarni keltirib chiqardi. Ilmiy asosda tanlangan Jismoniy mashqlar barcha harakat organlarining faoliyatini yaxshilaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi. Jismoniy mashqlar turlari to’g’ri va aniq tasnif qilinishni taqozo etadi. Shunda ulardan ko’zlangan samaraga erishish mumkin.