Jizzax temir-beton buyumlari zavodi

Jizzax temir-beton buyumlari zavodi — tom ustini yopish uchun ishlatiladigan plitalar, lotoklar va ularning jixozlari, fundament bloklari, quduqlar hamda ularni jihozlash uchun ishlatiladigan moslamalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladigan davlat korxonasi. 1980 yilda tashkil qilingan. Respublika qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi «suv ta’minotlash» uyushmasi tarkibida faoliyat ko’rsatadi. Korxona yiliga 50 ming dona temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. 3 ta asosiy ishlab chiqarish tsexi va bo’limlari bor.