Jobir ibn Xayyom
Jobir ibn Xayyom (taxminan 721-813) — Arab olimi. Turli sohalarda asarlar yozgan; ayniqsa alkimyoga doir kitoblari mashhur. Jobir ibn Xayyom metallarning paydo bo’lish nazariyasini ishlab chiqqan. Uning asarlarida moddalarni xaydash, eritish, kristallash va boshqa amaliy ishlarning tasviriga katta o’rin berilgan. Shuningdek, ko’p kimyoviy Preparatlar (Masalan, achchiqtosh, to’tiyo, kumush nitrat, novshadil, sulema va b.)ni olish, metallarni eritish, gazlamalarni bo’yash usullari aniq bayon qilingan.