Jo’chi ulusi
Jo’chi ulusi-Chingizxon imperiyasining bo’linishi natijasida 1224 yili uning o’g’li Jo’jixonga tekkan mulk, ulus. Jo’chi ulusi Irtishdan Ural (Yoyiq) tog’larigacha va g’arbda mo’g’ul oti to’yoqlari yetgan yergacha bo’lgan o’lkalarni qamrab olgan. Janub tomondan Chig’atoy ulusi bilan chegaradosh bo’lgan. Botuxonning harbiy yurishlari (1238-1242) natijasida Sharqiy Yevropa ham Jo’chi ulusiga vassal sifatida bo’ysundirilgan. Unga Janubiy Rossiya, Qrim va Zakavkaziya (Kavkazorti) kirgan. XIII asr o’rtalaridn boshlab Jo’chi ulusi Oltin O’rda deb atalgan.