«Jome at-tavorix»

«Jome at-tavorix» («Tarixlar to’plami») — tarixiy asar. Muallifi — Rashiduddin Fazlulloh 1302-10/11 yillarda fors tilida yozilgan, 3 qismdan iborat: 1-qism «ta’rixi G’ozoniy» deb atalib, G’ozonxon farmoniga binoan bitilgan. Unda mo’g’ullar, Chingizxon va mo’g’ullar barpo qilgan davlatlar, xususan, Hulokuiylar davlati tarixi (1304 yilgacha) yoritilgan. 2 — qism O’ljoytuxon topshirig’iga ko’ra kashmirlik Kamalashri, xitoylik Li Dachji, frantsiyalik bir monax va ikki fors olimi ishtirokida yaratilgan bo’lib, u Islom olamining mo’g’ullar istilosidan ilgarigi tarixi, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperatorlari, Hindiston va Xitoy tarixi, shuningdek, Sharqiy Yevropa xalqlariga doir ma’lumotlardan iborat. 3 — qiyom esa Yetti iqlim geografiyasiga bag’ishlangan bo’lib, u bizgacha yetib kelmagan. Hofizi Abru bu asarga Shohrux farmoniga binoan «zayli jome at-tavorix» nomli ilova yozib, unda Eron tarixi bayonini 1371 yilgacha yetkazgan. «Jome at-tavorix»ning 16-asrda eski o’zbek tiliga o’girilgan ikki nusxasi (O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Turkmaniston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti fondlarida) mavjud bo’lib, ulardan birining tarjimoni Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy, ikkinchisiniki solur bobo ibn qul Alidir. «Jome at-tavorix» frantsuz (1836, 1911), Chex (1941), rus (1858, 1868, 1888, 1968) va boshqa tillarga ham tarjima qilinib nashr etilgan. Ad.: Ahmedov . A., O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.