Jonikmar tog’i

Jonikmar tog’i — Kashqadaryo viloyatidagi tog’. Hisor tizma tog’larining Janubiy-g’arbiy tarmog’i. Eng baland joyi 1319 metr, uzunligi 14 kilometr. Shimoldan Janubga va Janubi-g’arbga yo’nalgan. Jonikmar tog’ining shimoliy- g’arbiy yon bag’ri zinapoyasimon pasayib Arabdasht va Quyuqdasht tekisliklariga tutashgan. Yon bag’irlari quruq soy va jarlar bilan o’yilgan. Yon bag’irlaridagi to’q bo’z tuproqlarda bug’doyiq, tog’ shuvog’i, tog’olcha, do’lana va boshqalar o’sadi.