Jonson (Johnson) Filip

Jonson (Johnson) Filip (1906.8.7, Klivlend) — Amerika me’mori. Garvard universitetining me’morlik maktabida M. L. Breyer rahbarligida o’qigan (1940-50). L. Mis van der Roe shogirdi va u bilan hamkorlikda ishlagan (Konnektikutdagi Nyu-Kanaan yotiq shisha parallelepiped ko’rinishdagi xususiy uy, 1949 va boshqalar). O’z qurilishlarida zamonaviy me’morlik materiallari va qoidalarini qo’llashda an’anaviy me’morlik shakllaridan erkin foydalanib, ularni uslublashtirgan (Nyu-Yorkdagi zamonaviy san’at muzeyi, 1951, 1965; Isroildagi yadro reaktori gumbazi, 1960; Nyu-Yorkdagi Linkoln Markaziy davlat teatri, 1964 va boshqalar).