JO’RAUZUM

JO’RAUZUM — kechpishar xo’raki uzum navi. Hozirgi O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Nimrang va pushti Toifi navlarini chatishtirib chiqarilgan (A.M. Negrul va M.S. Juravel). Tupi kuchli o’sadi. Guli qo’sh jinsli. Bargi o’rtacha, besh bo’lakli, arra tishli, barg bandi uzun. Uzum boshi katta (o’rtacha vazni 500-550 gramm), sershingil, g’ujumlari yirik, tuxumsimon, och yashil. Po’sti qattiq, yupqa, seret, sersuv, mazasi yoqimli. Sent.ning oxirida pishadi. Tarkibida 22-23% qand, 6,5—7,5 mg% kislota bor. Gektaridan 400-500 tsentnergacha hosil beradi. Toshkent, Samarqand viloyatlarida ekiladi. Yangiligida iste’mol qilinadi, vinolar tayyorlanadi.