Jo’rayev To’xtamurod Jo’rayevich

Jo’rayev To’xtamurod Jo’rayevich (1934.25.10, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), O’zbekistonda xizmtg ko’rsatgan fan arbobi (1991), fizika-matematika fanlari Doktori (1972), professor (1973). ToshDU ni tugatgan (1958), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika Pa inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1974-85), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutida direktor (1985-92 va 1997 yildan), ToshDU rektori (1992— 95), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti (1995— 2000). Ilmiy ishlari xususiy hosilali differentsial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga oid. Uning aralash va aralash-qo’shma tipli tenglamalarga oid ishlarida yangi chegaraviy masalalar o’rganilib, muhim natijalar olingan; matematik fizikada muhim tatbiklarga ega bo’lgan chegaraviy qatlam nazariyasiga oid ishlarining axdmiyati katta. Jo’rayev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar a’zosi. Ko’p jildli (1-, 2-j., T., 1999) «Oliy matematika asoslari» darsligi hammuallifi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1992— 95), 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). «Do’stlik» (1996), «Mehnat shuhrati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan. As: Kraevie zadachi dlya uravneniy smeshannogo i smeshanno-sostavnogo tipov, T., 1979.