Jorjtaun, Pinang
Jorjtaun, Pinang — Malayziyadagi shahar, Pinang yarim orolida. Pinang shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 220 ming ziyod kishidan (1990 — yillar o’rtalari). Dengiz porti, avtomobil yo’lli ko’prik orqali Malakka yarim oroli bilan bog’langan. Savdo markazi. Kauchuk qayta ishlanadi, qalay erituvchi zavod, oziq-ovqat, elektrotexnika, to’qimachilik, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Dengiz kurorti. Jorjtaun yaqinida Kekloklar budda xrami joylashgan.