JO’YAK QUMLAR
JO’YAK QUMLAR — bir-biriga Parallel joylashgan kambar qator-qator qum do’nglari. Jo’yak qumlar ko’p esadigan shamollar yo’nalishiga mos joylashgan bo’ladi. Uzunligi bir necha kilometrga yetadi, balandligi 1 metrdan 70 metrgacha bo’ladi. Jo’yaklar oralig’idagi pastlikning kengligi 2-4 kilometrga teng. O’rta Osiyo cho’llarida chala mustahkamlangan va o’simliklar qoplagan Jo’yak qumlar ko’p tarqalgan. Jo’yak qumlar Avstraliya va Afrikada ham bor.