Jo’yi qo’rchi qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Jo’yi qo’rchi qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Kattaqo’rg’on yaqinida. Qo’rchi turkiy so’z bo’lib, qo’r (qurol) so’zi bilan aloqadordir. M.Koshg’ariyning yozishicha Qo’rig’ “maxsus ajratilgan va qo’riqlanadigan joy”. Qo’rug’chi “qo’riqchi, soqchi” degan ma’nolarni bildiradi. Umuman, Jo’yi qo’rchi toponimi “qorovul arig’i” demakdir.



