JUFTABOD

JUFTABOD — atlas, beqasam, shoyi kabi matolar tandasidagi ikki takaищвning birikib juftlangan holati. To’qish dastgohiga solingan tandadagi Juftabodni tarqatmay (juftlab) tutib turadigan shoda Juftabod shoda deyiladi. Tandaning Juftabod shodadan o’tadigan har ikkala ipini qo’l bilan ajratib, terib chiqish Juftabod terish deb ataladi. Juftabod terish natijasida gula va tig’dan ip oson o’tadi.