JUGJUR

JUGJUR — Oxota dengizining shimoliy-g’arbiy sohilidagi tog’lar. Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk o’lkasida. Uzunligi qariyb 700 kilometr. Balandligi 800-1200 metr, eng baland joyi topko tog’i (1906 metr). Janubiy-g’arbiy qismi gneys va granit, shimoliy-sharqiy qismi slanes va ohaktoshlardan (ustini LAVA va tuflar qoplagan) tuzilgan. Iqlimi qattiq qishli musson iqlimi. Sohil bo’yida kedr butalari, 1300 metr balandlikkacha ayan qarag’ayi, Daur tilog’ochi o’sadi.