JULFA
JULFA — Eronning shimoli-g’arbidagi shahar. Araks daryosining o’ng sohilida. Daryoning chap sohilidagi Julfa shahrining (Ozarbayjon Respublikasi) qarshisida. Temir yo’l va shosse yo’llar orqali Tabriz shahri bilan bog’langan. Julfa orqali MDH davlatlari va Eron o’rtasida yuk tashiladi.