JUMALOQTEPA

JUMALOQTEPA — arxeologik yodgorlik. Surxondaryo viloyati, Angor tumani markazida. Sun’iy tepalik ustiga qurilgan. Kvadrat tarhli (30×30 metr) ko’shk xarobasi (5-12-asrlar). Ikki davrda obod bo’lgan. Birinchi davrda to’rt ustunli zal va unga tutash turli kattalikdagi xonalar qurilgan. Ikkinchi davrda zal qayta qurilgan. Topilmalar ichida o’yma naqshinkor yog’och buyumlar, lavhalar, inson qiyofasining suratlari bor.