Jumaniyozov O’rozboy

Jumaniyozov O’rozboy (1924, Qoraqalpog’iston, Beruniy tumani — 1943.12.12, bedarak yo’qolgan) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. 985-o’qchi polki (Markaziy front 60-armiyaning 226-o’qchi diviziyasi) avtomatchisi. Jumaniyozov 1943 yil 26 sentabrda Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Tolokunskaya Rudnya qishlog’i rayonida birinchilardan bo’lib Dnepr daryosini kechib o’tib, jangda jasorat ko’rsatgan. 1943 yil 17 oktabrda Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. 1943 yil 12 dekabrdagi jangda bedarak yo’qolgan. Beruniy shahri Markaziy ko’chalaridan biri, Jumaniyozovning o’zi o’qigan 48-o’rta maktab uning nomiga qo’yilgan.